» » O‘tgan haftaning eng muhim tvitlari: Kochindagi “yashil” aeroport. Suv ostida qolayotgan Jakarta. Qurollanish poygasi hali ham davom etmoqdami?

O‘tgan haftaning eng muhim tvitlari: Kochindagi “yashil” aeroport. Suv ostida qolayotgan Jakarta. Qurollanish poygasi hali ham davom etmoqdami?


“Daryo” Twitter’da o‘tgan haftada mashhur shaxslar va mikroblog faollari tomonidan post qilingan eng muhim tvitlar bilan o‘rtoqlashadi.

“2014-yildan buyon Ukraina qashshoqlikda yashovchi fuqarolarni 4 marta kamaytirgan bir paytda Rossiyada qashoshoqlikda kun kechiruvchilar ko‘paydi, deb xabar qiladi The Bell nashri”, — Emmanuel Grinspan, Le Temps nashrining (Shveysariya) Moskvadagi muxbiri.

“9-iyunda Qozog‘istonda o‘tadigan navbatdan tashqari prezidentlik saylovida to‘qqiz nomzod qatnashmoqda. Ular orasida hozirda vaqtinchalik prezident sifatida faoliyat olib borayotgan Qosim-Jo‘mart To‘qayev (g‘olib bo’lishi ehtimoli yuqori) va mamlakat tarixida ilk marta ayol nomzod Daniya Yespayeva — bankir va xalq deputati  bor”, — Bermet Talant, @KyivPost.

“Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, 2050-yilga borib megapolisning katta qismi suv ostida qolishi mumkin. Shimoliy Jakarta 10 yil mobaynida 2,5 metr suv ostida qoldi va har yili 1–15 santimetrga suv ostida qolmoqda”. — Ben Yudax, jurnalist.

“SIRPI (Stokgolmdagi tinchlik muammolarini tadqiq qiluvchi institut) ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yilda butun dunyoda harbiy xarajatlarga sarflanayotgan mablag‘ miqdori 1,8 trillion dollarni tashkil etgan. AQSh ro‘yxatni boshqarmoqda, Xitoy — ikkinchi o‘rinda. Turkiya bo‘lsa ro‘yxatning 15-qatorida. Turkiyaning harbiy xarajatlari 24 foizga oshgan”. — Halima Kirazli, Yeni ?afak nashri jurnalisti.

“Juma kuni prezident Tramp Yaponiya bosh vaziri hurmatli Sinzo Abe va uning rafiqasi Aki Abelarni Oq Uyda kutib oldi. Bu bir nech o‘n yilliklardan beri tinchlik va taraqqiyotning garovi bo‘lib kelayotgan ittifoqchilikning yuksak darajasidir”. — Oq Uy rasmiy sahifasi axboroti.

“Amerika xalqi milliardlab daromad topayotgan, ammo soliq federal daromad solig‘iga hech narsa to‘lamayotgan Amazon, General Motors, Chevron va Delta kabi ulkan korporasiyalardan charchadi va ko‘ngli ayniyapti. Birgalikda harakat qilib, nuqsonlari bor soliq kodeksi va siyosiy tizimni o‘zgartiramiz”. — Berni Sanders, senator va prezidentlikka nomzod.

“Hindistondagi Kochin xalqaro aeroporti dunyodagi birinchi batamom Quyosh energiyasiga ishlayotgan aeroportdir. Bu yana bir bor yashil biznes — eng yaxshi biznes ekanini isbotladi. Kochin aeroporti BMTning atrof muhitni saqlash borasidagi eng oliy mukofotiga sazovor bo‘ldi”, — BMT rasmiy sahifasi.

Jahongir Ergashev tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют