» » O‘zbekiston delegatsiyasi Kaspiy iqtisodiy forumida ishtirok etadi

O‘zbekiston delegatsiyasi Kaspiy iqtisodiy forumida ishtirok etadi


Joriy yil 12-avgustda Turkmanistonning Turkmanboshi shahridagi “Avaza” milliy turistik zonasida ilk bor Kaspiy iqtisodiy forumi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Markaziy Osiyo iqtisodiy hayotida e’tiborli voqelik sifatida qayd etilayotgan mazkur yirik tadbirda Kaspiybo‘yi mamlakatlari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, transport, ekologiya sohalarida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritildi.

Tadbirda birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining hamkorlikdagi rivojlanish maqsadlariga mos kelishiga e’tibor qaratildi. Forum doirasida o‘tishi ko‘zda tutilgan tadbirlar va muhokama markazidagi masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Kaspiy iqtisodiy forumida xalqaro konferensiya tashkil etilib, unda ishtirokchi davlatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan qo‘shma investitsiyaviy loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, raqamli iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik, qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari muhokama qilinadi. Maxsus erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, forumda Kaspiy innovatsion texnologiyalari ko‘rgazmasi, ishtirokchi davlatlar vakillari o‘rtasida biznes uchrashuvlar ham o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют