» » Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat faxriylarini tabrikladi (foto)

Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat faxriylarini tabrikladi (foto)


Yong‘in xavfsizligi instituti jamoasi 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat faxriylarini tabrikladi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

Institut jamoasi 28-aprel kuni Olmazor tumanidagi “Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati” hamda Ohangaron tumanidagi “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida istiqomat qilayotgan jami 300 dan ortiq Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari, front orti, shuningdek, Afg‘on urushi va Leningrad qamali ishtirokchilari hamda mehnat faxriylarini tabriklagan. Ularga qimmatbaho esdalik sovg‘alarni taqdim etgan.

Institut xodimlari va kursantlari tomonidan ushbu “Saxovat uylari”dagi barcha keksalarga sharaf lentalari taqib qo‘yilgan. Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari, front orti va Afg‘on urushi ishtirokchilariga sovg‘alar va gullar taqdim etilgan.

Bundan tashqari, “Saxovat uylari”da hasharlar uyushtirilib, turli gul va sabzavot ko‘chatlari ekildi, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Qayd etilishicha, hasharlar ushbu “Saxovat uylari”da 4—5-may kunlari ham davom ettiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют