» » Ketma-ket ikki yil davomida hosilga tayyor gallasi olib qoyilayotgan nishonlik fermer adolat istamoqda

Ketma-ket ikki yil davomida hosilga tayyor gallasi olib qoyilayotgan nishonlik fermer adolat istamoqda


Dehqonchilik mashaqqatini yer egasidan yaxshi biladigan kishi bolmasa kerak. Yerga urug qadalgan paytdan boshlab, toki unib chiqqunga qadar bolgan fursat mobaynida dehqon ancha-muncha zahmat chekadi. Eng yomoni urug kokarib, hosilga kirayotgan paytda unga kimdir ega chiqib, dehqon mehnatining rohatiga davo qilishi. Bu holat ketma-ket ikki yil davom etsa, dehqon qay ahvolga tushishini tasavvur qilayapsizmi?

Nishon tumanining Dostlik MMTP hududida joylashgan Dostlik Marjoni fermer xojaligi rahbari Gayrat Turdiyev 4 nafar ishchi xodimi bilan ana shunday sinovlarni boshidan kechirmoqda. Fermerning adolat izlab bormagan eshigi, murojaat qilmagan mutasaddisi qolmadi hisob. Haqiqat izlab axiri Daryo tahririyatiga ham murojaat yolladi.

Murojaatni organish maqsadida Daryo muxbiri Nishon tumanida boldi.

2018-yil ham yerimni tortib olib, Qulahmedov Joraqobil fermer xojaligiga qoshib berishgandi, deydi Dostlik marjoni fermer xojaligi rahbari Gayrat Turdiyev. Oshanda ham 40 million somlik xarajatlarimga kuyib qolgandim. Hech kim xarajatlarimni qoplab bermagan. Bu yil ham shu ahvol. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi qarorini asos qilib olib, yana yerimni tortib olishdi. 50 million som xarajatlarimga kuyib qolyapman.

Gayrat Turdiyevning aytishicha, uning ixtiyoridagi 38 gektar yer Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi Fermer xojaliklari va boshqa qishloq xojaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xojaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga kora, 100 gektardan kam deya Qulahmedov Joraqobil fermer xojaligi ixtiyoriga otkazilgan.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga kora, suv yoliga qarab yeri 100 gektardan kam bolgan fermer xojaliklarini tugatib, hududdagi 140 ta fermer xojaligi orniga 45 ta fermer xojaligi qoldirildi, deydi Dostlik MMTP raisi Bekzod Norqulov. Dostlik marjoni fermer xojaligi ham yeri kamligi sabab tugatildi. Qilingan xarajatlariga kuyib qolishi haqida toxtalsak, fermer xojaligi shudgor qilingan yerga urug ekib, birinchi suvini berganligi rost. Ammo qilinayotgan xarajatlarning barchasi davlatdan berilayotgan kredit evaziga qoplangan. Agarda qoshimcha ogit sotib olgan bolsa, xarajat qilgan bolishi mumkin. Lekin nega tolab berilmaganidan bexabarman. Chunki otgan yili men ishlamaganman.

Bekzod Norqulovning aytishicha, asosiy xarajatlar kredit evaziga qoplangach, Dostlik marjoni fermer xojaligi nomiga olingan kredit endilikda yerga egalik qilayotgan Qulahmedov Joraqobil fermer xojaligi nomiga otkaziladi.

Fermer xojaligimning 25 gektariga ekilgan galla tayyor holatga kelganda yana yerimni tortib olishib, ogzimdagi oshni ozgalarga berishlari qaysi adolat mezonlariga togri keladi, deydi Dostlik marjoni fermer xojaligi rahbari. Bu yil shuncha qilgan xarajatlarimga kuyib qolavermanmi? Shumi adolat?

Malum bolishicha, Dostlik marjoni fermer xojaligi Nishon tumani hokimining 2015-yil 24-noyabrdagi X-1329/11-sonli qaroriga muvofiq tuzilgan bolib, 38 gektar yer 49 yil muddatga ijaraga berilgan. 2018-yil 5-fevral kuni esa Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashining 2018-yil 2-fevraldagi Tumanda samarasiz va past rentabellik bilan faoliyat yuritayotgan fermer xojaliklari bilan tuman hokimi ortasida tuzilgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish va yer maydonlarini tuman hokimligi zaxira yer fondi hisobiga qaytarish togrisidagi qarori asos qilinib, Dostlik marjoni fermer xojaligi yeri tuman yer zaxira fondiga qaytarilgan. Yerdan 49 yil davomida ijarada foydalanish togrisidagi shartnoma bekor qilingan.

Eng qizigi, fermer xojaligimga tegishli yer tuman yer zaxira fondiga qaytarilgani haqida 2018-yil mart oyida xabar topayapman, deydi Gayrat Turdiyev. Men oz ishimda davom etyapman, tuman hokimligi esa yerimni tortib olib, zaxira fonidiga qaytarildi deb yonimdagi fermer xojaligiga qoshib bergan. Qarabsizki, 20 gektar yerga ekkan gallamga ham boshqa fermer ega chiqib turibdi.

Ha, fermer ham bunday vaziyatda jim turmadi. Haq-huquqini talab qilib mutasaddi tashkilotlarga murojaat qildi. Tuman hokimiyu, prokuroridan najot bolmagach, Oliy Majlis eshigini qoqdi. Natijada 2018-yil 10-avgust kuni Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xojaligi masalalari va ekologiya qomitasidan Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining osha paytdagi raisi, viloyat hokimi Zafar Roziyevga Dostlik marjoni fermer xojaligiga nisbatan adolatsizlikka yol qoyilgani aytilib, Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashi qarorini bekor qilish masalasini viloyat Kengashi sessiyasiga qoyish tavsiya qilinadi. Oqibatda 2018-yil 24-sentabr kuni fermer huquqi tiklanib, Xalq deputatlari tuman kengashi qarori asos bolgan tuman hokimi qarori bekor qilinadi va yer egasiga qaytariladi.

Kokragimga shamol tegdi deya mehnat qilishni boshlagan fermer Gayrat Turdiyev oktabr oyida ixtiyoridagi yerning 25 gektariga urug qadab, galla parvarish qila boshlaydi.

Okatbr oyida urug ekib, agrotexnik tadbirlarini oz vaqtida otkazdik, sugorib gallani tayyor holatga olib kelganimizda 2019-yilning yanvar oyi ortalarida fermer Hasan Aralov kelib yer uning ixtiyoriga otganini aytib, bizni yerdan haydab chiqardi, deydi Dostlik marjoni fermer xojaligida suvchi bolib ishlovchi Cholli Usmonov. Alam qiladigani 2 yildan beri ahvol shu. Har yili asosiy agrotexnik tadbirlar bajarilgach, yer tortib olinib, mehnatimizga kuyib qolayapmiz.

Vazirlar Mahkamasining qarorida ham belgilangan talablar bor-ku, agarda fermer xojaligi osha talablarga javob bermasa yeri olib qoyilishi belgilangan, deydi fermer Gayrat Turdiyev. Biz har yili rejani 100 foizdan ortiq qilib bajarib kelganmiz. Va eng qizigi, shubhalisi ham ikki yil davomida ham faqat Qulahmedov Joraqobil fermer xojaligiga qoshib yuborilayotgani. Mayli, qoshib yuborishsin faqat xuddi biz kabi ozini ozi eplayotgan 4045 gektar yeri bor fermer xojaligiga qoshishsin, oshanda bitta katta fermer xojaligini tuzaylik.

Vazirlar Mahkamasining qarorida quyidagi hollarda qishloq xojaligi korxonalari bilan tuzilgan uzoq muddatli yer ijara shartnomasi bekor qilinishi belgilangan.

1) yer uchastkasidan qonun hujjatlarida, ijaraga olish shartnomasida korsatilgan talablar va qishloq xojaligi ekinlarini joylashtirish shartlari buzilganda hamda maqsadli, samarali va oqilona foydalanilmaganda;

2) yer uchastkasini saqlash shartlariga va suvdan foydalanish tartibiga rioya etilmaganda, yerning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish chora-tadbirlari korilmaganda, shuningdek ushbu maqsadlar uchun oz mablaglarini ajratmaganda;

3) yer uchastkalari maydonlari uzoq muddatli yer ijara shartnomasida belgilangan olchamlarga nisbatan kamaytirib yuborilganda, sugoriladigan maydonlarga asossiz ravishda bino-inshootlar qurilganda yoki boshqa turdagi zarar yetkazilganda;

4) qishloq xojaligi ekinlarini parvarishlashda agrotexnika tadbirlari oz vaqtida amalga oshirilmaganda yoki belgilangan talablarga rioya etilmaganda va normativ kadastr bahosidan past hosil olinganda;

5) davlat xaridi uchun qishloq xojaligi mahsulotlarini yetkazib berish yuzasidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari shartlari songgi uch yilda bajarilmaganda, xojalik faoliyati samarasiz yoki past rentabellik bilan yuritilganda;

6) mehnat munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlari talablariga rioya etilmaganda, ishchi xodimlar, shu jumladan fermer xojaligida mehnat qiladigan oila azolari, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar uchun mehnat xavfsizligi shartlari taminlanmaganda;

7) soliqlar va boshqa majburiy tolovlar, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslar va korsatilgan xizmatlar uchun tolovlar oz vaqtida amalga oshirilmaganda, songgi uch yil davomida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan tushadigan mablaglar bank hisobvaraqlarida aylanishi taminlamaganda;

8) fermer xojaligini yuritish uchun yer uchastkasini berish boyicha otkazilgan ochiq tanlovda korsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablaglari xojalikning ustav fondiga kiritilmaganda.

Fermer xojaligi rahbari Gayrat Turdiyevning malumot berishicha, fermer xojaligi yuqorida tilga olingan biror bir holatga yol qoymagan. Shunday bolsa-da, uning fermer xojaligi tugatilgan. 25 gektar yerga ekilgan galla parvarishi uchun sarflangan 50 million som esa tuya qilib yuborilmoqda.

Gektariga 300 kilogrammdan sepilgan ammofosni oz hisobimdan sotib olganman, deydi fermer. Mehnatimiz va ammofos uchun qilgan xarajatlarimiz ham ancha pulga boryapti. Minib yurgan mashinamni sotib xarajat qilgandim. Mehnatimizga achinishsa bolardi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga kora amalga oshirilgan optimallashtirish davrida tumandagi mavjud 1300 ta fermer xojaligidan 423 tasi qoldi, deydi Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov. 100 gektardan kam bolgan fermer xojaliklari tugatilib, katta fermer xojaliklariga qoshib berilishidan maqsad yerdan unumli foydalanish. Vazirlar Mahkamasi qarorida ham paxtachilik va gallachilik yonalishidagi qishloq xojaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam olchami 100 gektar bolishi belgilangan.

Muxtor Hayitmurodov Daryo muxbirining fermerning galla ekish uchun qilgan xarajatlari qoplab beriladimi degan savoliga shunday javob berdi: Fermer xojaligining odatda 2 xil xarajati boladi. Birinchisi urug va yoqilgiga sarflanadigan xarajatlar bolib, bu xarajatlar davlat tomonidan ajratilgan kredit evaziga qoplanadi. Ikkinchi xarajat esa fermer oz mablagi evaziga qoshimcha ogit sotib olgan bolishi mumkin. Agar shunday bolsa, xarajat albatta qoplanadi.

Tuman hokimi fermerning otgan yili ham xarajatlari qoplab berilmaganligi togrisidagi iddaosiga javoban osha paytda tumanda rahbarlik qilmaganini va bu borada xabari yoqligini aytdi.

Dostlik marjoni fermer xojaligining 38 gektar yeri otgan yili olib qoyilgach, xarajati nega qoplab berilmaganidan xabarim yoq, deydi Muxtor Hayitmurodov. Boisi otgan yili iyul oyidan boshlab hokim sifatida ish boshlagandim. Bu yil qilingan xarajatlari albatta qoplab beriladi. Faqat galla yigimidan song.

Hokim suhbatimiz yakunida Dostlik marjoni fermer xojaligining otgan yilgi xarajatlari nima sababdan qoplab berilmaganligi haqida mutaxassislar malumot berishini aytdi. Biroq oradan 10 kun vaqt otsa-da, tuman hokimligi bu haqdagi malumotlarni taqdim etmadi.

Tuman hokimi ham, MMTP raisi ham fermer qilgan har qanday xarajat qoplab berilishini vada qilmoqda. Ammo otgan yilgi xarajatlar nega qoplanmadi? degan savolga kelganda esa har ikki mutasaddi ham osha paytda ish olib bormaganini aytib, masaladan bexabarligini izohlayapti.

Oylaymizki, fermerning muammosi tez orada ijobiy yakun topadi. Biz esa vaziyatni kuzatishda davom etamiz.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-05-2019, 17:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
:
-
:
20 ... -