» » Andijon shahrida mobil postlar ishga tushdi

Andijon shahrida mobil postlar ishga tushdi


Andijon shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida zamonaviy mobil postlar hamda tashvish qurilmalarini o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Hozirda 2 ta mobil post shaharning aholi ko‘p to‘planadigan Yangi shahar hududidagi Zahiriddin Muhammad Bobur va Eski shahar hududidagi Xotira va qadrlash maydonlariga o‘rnatildi.

Ushbu tadbir huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda Andijon viloyatining Andijon shahri va Xo‘jaobod tumanida “Namunali hudud” tajribasini yaratish doirasida amalga oshirilmoqda.

“Tashkil qilingan mazkur postlar jamoat tartibini saqlashda hududni nazorat qilib borish orqali tegishli tashkilotlarga tezkor xabar yetkazish, shuningdek, fuqarolarga huquqiy maslahat berishda katta qulaylik tug‘diradi. Postlar kompyuter texnikalari, radio va telefon aloqasi, videonazorat qurilmalari va boshqa zarur uskunalar bilan ta’minlangan”, — deyiladi Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabarida.

Bu kabi mobil postlarni shaharning boshqa aholi gavjum joylariga ham o‘rnatilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют