» » Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan holat bo‘yicha ma’lumot berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan holat bo‘yicha ma’lumot berdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi internet saytlarida e’lon qilingan Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

1994-yilda tug‘ilgan fuqaro I.A. Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasiga joriy yilning 16-aprel kuni sog‘lig‘i yuzasidan maxsus psixiatriya tez yordami mashinasi orqali olib kelingan va o‘sha kuni shifoxonaga joylashtirilgan. Bemorning ruhiy holatidagi o‘zgarishlar tufayli unga atrofdagilar dushmandek ko‘ringan, shu sababli u atrofdagilardan shubhalangan va bezovta bo‘lgan.

Ruhiy holatiga ko‘ra, bemorga tegishli muolajalar qilinishi boshlangan, shu qatorda tinchlantiruvchi psixotrop dori vositalari qo‘llanilgan. Qayd etish lozimki, ayrim dori vositalari organizmni bushashtiradi, tinchlantiradi va uyquchanlik chaqiradi.

Joriy yil 22-aprelda ro‘y bergan videotasvirdagi jarayon yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huquq-tartibot organlari bilan birgalikda tezkor ravishda xizmat tekshiruvini boshladi.

Shifoxonada qonuniylik va tartibni saqlash maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali tun-u kun videoyozuv olib boriladi. Agarda xodimlar tomonidan bemorlarga nisbatan asossiz kuch ishlatish, nafsoniyatga tegish, qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari aniqlansa, tabiiyki, tegishli qonuniy choralar ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura Toshkent shahar klinik psixiatriya shifoxonasi xodimi bemorga jarohat yetkazgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilinganini xabar bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют