» » Samarqand va Navoiyda qiymati 300 million dollarlik quyosh fotoelektrik stansiyalari barpo etiladi

Samarqand va Navoiyda qiymati 300 million dollarlik quyosh fotoelektrik stansiyalari barpo etiladi


Samarqandda 200 MVt quvvatga, Navoiyda esa 100 MVt quvvatga quyosh fotoelektrik stansiyalari barpo etiladi, bu haqda Spot xabar qiladi.

Prezident qaroriga binoan 2019-yilda ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari ro‘yxati ma’qullandi.

Ro‘yxatda Samarqand (200 MVt quvvatga ega) va Navoiy (100 MVt quvvatga ega) viloyatlarida quyosh fotoelektrik stansiyalari barpo etilishi belgilangan.

Loyihani amalga oshirishda Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Samarqand va Navoiy viloyatlari hokimliklari, DXSh agentligi mas’ul etib belgilangan.

Samarqanddagi quyosh fotoelektrik stansiyasining barpo etilishi 200 million dollarga, Navoiydagi esa 100 million dollarga baholanmoqda.

Tender g‘oliblari 2019-yil uchinchi chorakda e’lon qilinib, qurilish ishlari 2020-yil birinchi chorakda boshlanadi.

Samarqanddagi quyosh fotoelektrik stansiyasi 2020-yil oxirigacha, Navoiydagi 2021-yilning boshlarida foydalanishga topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют