» » Superliga. Dragan Cheranning dubli “Paxtakor”ga g‘alaba keltirdi

Superliga. Dragan Cheranning dubli “Paxtakor”ga g‘alaba keltirdi


1-may, chorshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida mehmon jamoa yarim himoyachisi Islom Isoqjonov hisobni ochgan bo‘lsa, 13 hamda 37-daqiqalarda (penalti) “sherlar” o‘yinchisi Dragan Cheran dublga erishdi (2:1).

Shu tariqa toshkentliklar o‘z uyida “Maetallurg”ni kichik hisobda taslim qildi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” 19 ochko to‘plab, musobaqa jadvalidagi yetakchiligini mustahkamladi. “Metallurg” esa 10 ochko bilan 3-pog‘onadan bormoqda.

Superliga

7-tur bahsi

1-may, chorshanba

Gollar: 0:1 — 12 Islom Isoqjonov, 1:1 — 13 Dragan Cheran, 2:1 — 37 Dragan Cheran

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Akrom Komilov, Jaloliddin Masharipov (Sardor Sobirxo‘jayev, 63), Dragan Cheran, Igor Sergeyev (Sobit Sindarov, 86), Dostonbek Hamdamov, Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak, 72), Sherzod A’zamov, Marko Simich, Javohir Siddiqov

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Ibrohim Yo‘ldoshev (Muhammad Isayev, 46), Islom Isoqjonov (Sergey Tumasyan, 80), Bahrom Abdurahimov, Shavkat Mullajonov, Doniyor Usmonov (Suhrob Nurulloyev, 56), Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev, Akbar Ismatullayev, Bahodir Pardayev

Ogohlantirishlar: Ibrohim Yo‘ldoshev (27), Aleksandr Lobanov (36), Muhammad Isayev (66)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют