» » O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda ShHT yoshlar oromgohi faoliyatida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda ShHT yoshlar oromgohi faoliyatida ishtirok etmoqda


Xitoyning Sindao va Pekin shaharlarida IV ShHT yoshlar oromgohi tashkillandi. Unda tuzilmaga a’zo va kuzatuvchi maqomidagi 14 davlatdan yoshlar tashkilotlarining 200 nafarga yaqin vakili qatnashmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Sindao shahrida joylashgan Fuxin mehmonxonasida oromgohning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan so‘ng ishtirokchilar Haier va TGOOD korporatsiyalari tarixi, faoliyati, oldiga qo‘ygan istiqboldagi rejalari bilan tanishtirildi.

Sindao shahridagi “Aysberg cho‘qqisi” markazida ShHT doirasida mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha seminar-taqdimot o‘tkazildi. Seminar yakunida “Xongdeyuan” zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari kompaniyasi direktori Vang Kian O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud imtiyozlar, xususan, yerlarning 49 yilga to‘lovsiz ijaraga berilayotganiga yuqori baho berib, xitoylik tadbirkorlar O‘zbekiston bilan mazkur yo‘nalishda yanada keng hamkorlik qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari Sindao porti, Xitoy—Germaniya ekobog‘i, Fan va texnika milliy tajriba laboratoriyasi, Xitoy ummonshunoslik universitetiga sayohat qildi.

Qatnashchilar uchun qadimiy Jimo shahrida ShHT yoshlar masalalari bo‘yicha hamkor davlatlarining ko‘rgazmali biznes muloqotlari tashkil etildi. Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Mo‘g‘uliston, Kambodja, Eron, Hindiston, Belarus, Ozarbayjon kabi davlatlar bilan yoshlar siyosati, turizm, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik sohalarida muzokaralar olib bordi.

IV ShHT yoshlar oromgohi 2-may kuniga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют