» » Joriy yil Ozbekistonda 50 ta zamonaviy kinoteatr barpo etiladi

Joriy yil Ozbekistonda 50 ta zamonaviy kinoteatr barpo etiladi


Ozbekkino milliy agentligi tashabbusi bilan Ozbekiston Milliy bankining moliyaviy komagida Ozbekistonga dastlabki innovatsion kochma kinomobil olib kelindi. Bu haqda Daryo muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida nafaqat Ozbekiston, balki Markaziy Osiyoda ham dastlabki hisoblangan mazkur kinomobilning taqdimoti bolib otdi.

Mobil kinoteatr dunyodagi yetakchi korxonalarning zamonaviy texnik vositalari bilan taminlangan bolib, undan foydalanish uchun 30 daqiqa talab etiladi. Bu vaqt mobaynida tirkama eniga 6 metrga kattalashadi va 80 orinli mobil kinoteatr aholiga xizmat korsatadi. Kinomobil respublikaning eng olis shahar va qishloqlarida milliy hamda chet el badiiy, tarixiy va hujjatli filmlarini namoyish etish orqali aholi ayniqsa, yoshlar manaviyati va ularda vatanparvarlik hissini yuksaltirish, adabiyot, teatr va kino sanatiga bolgan qiziqishlarini oshirish, kitobxonlikni keng targib qilish boyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yonaltiriladi.

Ayni paytda Ozbekiston Prezidentining 2017-yil 7-avgustda imzolangan Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 20182019-yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmogini barpo etish chora-tadbirlari togrisidagi qarorlari ijrosi yuzasidan Ozbekiston Milliy banki Ozbekkino Milliy agentligi bilan birgalikda respublikaning barcha shahar va tumanlarida jami 5 550 orinli umumiy qiymati 50 ta (15 ta 1 qavatli, 24 ta 2 qavatli va 11 ta yozgi ochiq) zamonaviy kinoteatrlar barpo etish boyicha tizimli ishlar boshlab yuborildi. Mazkur jarayon joriy yilning oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-05-2019, 22:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 12) ( 0) ( 10) ( 2)
:
-
:
20 ... -