» » Ayrim toifadagi xorijliklar uchun Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi

Ayrim toifadagi xorijliklar uchun Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish uchun ariza berish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarning ayrim toifalari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmon Kremlning rasmiy saytida 1-may kuni e’lon qilingan, deb yozadi Sputnik.

Farmonga ko‘ra, ayrim toifadagi xorijliklar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin. Xususan, Qrim va Sevastopol hududida tug‘ilgan, doimiy yashagan hamda yarim orolni 2014-yil 18-martga qadar tark etgan shaxslar bunday imkoniyatga ega. Mazkur soddalashtirilgan tartib ushbu shaxslarning farzandlari, ota-onalari va turmush o‘rtoqlariga ham amal qiladi.

Shuningdek, Ukrainaning RF hududida yashashga ruxsatnomasi bo‘lgan yoki qochoq maqomiga ega fuqarolariga ham Rossiya fuqaroligi soddalashtirilgan tartibda beriladi.

Bundan tashqari, RSFSRda tavallud topgan va sovet fuqaroligiga ega bo‘lgan Afg‘oniston, Iroq hamda Suriya fuqarolari soddalashtirilgan tartibda fuqarolikni olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning barcha fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligi berilishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.

Joriy yilning 24-aprel kuni Donetsk va Lugansk aholisiga Rossiya fuqaroligini olish tartibi osonlashtirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют