» » O‘zbekistonda Ramazon oyi 6-may kunidan boshlanadi

O‘zbekistonda Ramazon oyi 6-may kunidan boshlanadi


Shavkat Mirziyoyev “Muborak Ramazon oyini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, joriy yil Ramazon oyining boshlanishi 6-may kuniga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston musulmonlari idorasining bu haqdagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini munosib o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususan, yosh avlodni diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan tadbirlar tashkil etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ziyoratgohlar, qabristonlarni obodonlashtirish e’tibor qaratish topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют