» » Yevropa Ligasi. Arsenal Valensiyani qabul qiladi, Chelsi esa Ayntraxt F mehmoni boladi

Yevropa Ligasi. Arsenal Valensiyani qabul qiladi, Chelsi esa Ayntraxt F mehmoni boladi


2-aprel, payshanba kuni futbol boyicha Yevropa Ligasining 1/2 finali doirasida dastlabki uchrashuvlar bolib otadi.

Unai Emeri boshqaruvidagi Londonning Arsenal klubi Emireyts stadionida Ispaniyaning Valensiya jamoasini qabul qiladi.

Eslatib otamiz, shporlar chorak finalida Napolini ikki oyin natijasiga kora 3:0 hisobida taslim qilgan bolsa, korshapalaklar Vilyarrealni yirik maglubiyatga uchratgandi (umumiy hisob 5:1).

Shu kuni Mauritsio Sarri boshliq Londonning boshqa bir klubi Chelsi Germaniyaning Ayntraxt Frankfurt maydoniga safar qiladi. Ikkala oyin ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Malumot uchun, aristokratlar musobaqaning 1/4 finalida Praganing Slaviya jamoasi ustidan ikki oyin natijasiga kora 5:3 hisobida galaba qozongandi. Ayntraxt Frankfurt esa Benfikani mehmonda urilgan gollar evaziga maglub etgandi (2:0, 2:4, umumiy hisob 4:4).

Yevropa Ligasi

1/2 final bahslari

2-may, payshanba

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (2-05-2019, 12:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -