» » Toshkentda sovuq suv uchun to‘lovlar 10-maydan kuchga kirishi lozim bo‘lgan narxlarda qabul qilinmoqda

Toshkentda sovuq suv uchun to‘lovlar 10-maydan kuchga kirishi lozim bo‘lgan narxlarda qabul qilinmoqda


Toshkent shahrining bank kassalarida sovuq suv uchun to‘lovlar oshirilgan narxlarda qabul qilinmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Kassirlarning so‘zlariga ko‘ra, sovuq suv uchun to‘lovlarni yangi narxlarda qabul qilish bo‘yicha buyruq 24-aprel kuni chiqarilgan, ushbu buyruq hozir ham amal qilmoqda.

25-aprel kuni “Suvsoz” korxonasi Toshkentda 24-apreldan sovuq suvning narxi oshirilgani haqida ma’lum qilgandi. 26-aprel kuni esa Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu holatga munosabat bildirgandi.

Qo‘mita axborotiga ko‘ra, tabiiy monopoliya subyekti hisoblangan “Suvsoz” korxonasi yangi narx (tarif)lar haqida ular kuchga kirishidan kamida 15 kun avval OAVda e’lon qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi qonunchilik talabiga rioya etmagan.

Shu bois “Suvsoz”ga yangi narx (tarif, maxsus ustama)larni 10-maydan amalga kiritilishi lozimligi to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan. Qo‘mita ko‘rsatmasi “Suvsoz” tomonidan bajarilmagan taqdirida, korxonaga choralar qo‘llanilishi bildirilgan edi.

Shundan so‘ng, 30-aprel kuni “Suvsoz” rasmiy saytida yangilangan narx (tarif)lar 10-maydan amalga kiritilishi haqida ma’lumot berilgan edi.

Shunga qaramay, kassalarda sovuq suv uchun to‘lovlar 24-apreldan beri oshirilgan narxlarda qabul qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют