» » Vladimir Zelenskiyning rafiqasi 2013-yilda Qrimda hashamatli uyni arzon narxda sotib olgan

Vladimir Zelenskiyning rafiqasi 2013-yilda Qrimda hashamatli uyni arzon narxda sotib olgan


Ukraina prezidenti etib saylangan Vladimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskaya Qrimdagi pentxausni bozor narxidan deyarli ikki barobar arzonga sotib olgan. Bu haqda Zelenskiy tomonidan taqdim etilgan daromad deklaratsiyasi va Ukraina ko‘chmas mulk reyestri ma’lumotlariga tayanib Meduza xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2013-yilda Yelena Zelenskaya Yaltadagi “Imperator” turar joy kompleksidan uch xonali kvartirani deyarli 164 ming dollarga sotib olgan. Bunda har bir kvadrat metriga 1263 dollardan to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, Qrimdagi ko‘chmas mulklar haqidagi ochiq axborotlar va anonim agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha paytda “Imperator” turar joy kompleksidagi kvartiralarning kvadrat metri odatda 2500 dan 5000 dollargacha sotilgan.

Kvartirani sotgan shaxs ukrainalik tadbirkor Aleksandr Buryak bo‘lgan. Biroq u nima uchun kvartirani arzonlashtirilgan narxda sotganini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Buryak ushbu oldi-sotdi yuzasidan izoh bermadi, Vladimir Zelenskiyning matbuot xizmati esa uy uning rafiqasi tomonidan qonuniy asosda va bozor narxida sotib olinganini ma’lum qildi.

Zelenskiyning kvartirasi 2018-yilning aprel oyida 790 ming dollar (bir kvadrat metri 5195 dollar)ga sotuvga qo‘yilgan. Bu kvartiraning 2013-yili sotib olingan vaqtdagi narxidan qariyb besh barobar ortiq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют