» » DSQ xodimlar va soliq to‘lovchilardan korrupsiya holatlari haqida xabar qilishlarini so‘radi

DSQ xodimlar va soliq to‘lovchilardan korrupsiya holatlari haqida xabar qilishlarini so‘radi


Davlat soliq qo‘mitasi soliq xizmati organlari xodimlaridan soliq to‘lovchilar tomonidan noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun sharoit yaratib berish evaziga pora yoki boshqa moddiy qimmatliklar taklif qilish holatlari yuzaga kelganda zudlik bilan bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining 71-244-98-98, 71-244-98-00, 71-244-98-71 va 1198 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishni so‘radi.

Qayd etilishicha, o‘z vazifasiga vijdonan yondashadigan davlat soliq xizmati organi xodimlari belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.

DSQ soliq to‘lovchilardan ham soliq xizmati organi xodimlari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar yoki ta’magirlikka yo‘l qo‘yilayotganligini aniqlagan taqdirda zudlik bilan Davlat soliq qo‘mitasining yuqorida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishni so‘ragan.

Qayd etilishicha, murojaat ko‘rib chiqiladi hamda murojaat muallifi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют