» » Toshkentda O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklari Xalqaro mehnat forumi boshlandi

Toshkentda O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklari Xalqaro mehnat forumi boshlandi


“O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklari Xalqaro mehnat forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.

Forumni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev hamda BAA Inson resurslari va amirlashtirish vaziri Nosir bin Tani al-Xamli ochib berdi.

Kunning birinchi yarmida ikki vazirlik o‘rtasidagi hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini imzolash marosimi o‘tkazildi. Mehnat resurslari va bu boradagi o‘zaro istiqbolli loyihalar bo‘yicha chiqishlar qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklarining mehnat sohasidagi hamkorligiga bag‘ishlangan videotaqdimotlar namoyish etildi.

Forum o‘z ishini davom ettirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют