» » Toshkent IIBB haydovchilarni mashinalarni yo‘l chetida qoldirish bo‘yicha TATU talabalaridan o‘rnak olishga chaqirdi

Toshkent IIBB haydovchilarni mashinalarni yo‘l chetida qoldirish bo‘yicha TATU talabalaridan o‘rnak olishga chaqirdi


Qonunchilikda Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 10-aprel kunidan boshlab haydovchilar o‘z transport vositalarini yo‘l qismida bir qator qilib harakat qismiga parallel holatda qoldirishi zarur, deb eslatmoqda Toshkent shahar IIBB.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududi yaqinidagi yo‘lda YPX inspektorlarining tushuntirish ishlari natijasida haydovchilar YHQga muvofiq to‘xtamoqda, deyiladi xabarda.

YHXB xodimlari haydovchilar bilan suhbat o‘tkazib, ularga Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida so‘zlab bergan.

Barcha haydovchilar shundan o‘rnak olishlari kerak, har doim va har yerda o‘z avtomobillarini bir qator qilib harakat qismiga parallel holatda qoldirishlari zarur, deyilgan xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют