» » Andijon viloyatida 648 nafar bolaning ota-onasi ajrashdi

Andijon viloyatida 648 nafar bolaning ota-onasi ajrashdi


Andijon viloyatida joriy yilning birinchi choragida 1 ming 56 oilaning nikohi bekor qilingan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 186 ta, ya’ni 17,6 foizga ko‘pdir. Ajralib ketgan oilalarning 441 tasi yoki 41,7 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalar tashkil etadi.

Oilaviy ajrimlar Andijon shahri, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Bo‘z, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod tumanlarida ko‘p uchraydi. Ajrimlarning qariyb 65 foizi oilaviy kelishmovchiliklar tufayli yuz bermoqda.

Ajrimlar sabablari tahlil qilinganda mahallalardagi Yarashtirish komissiyalari yetarli darajada ish olib bormayotgani, oilaning, ajralayotgan oilalardagi farzandlar taqdiriga befarq qaralayotgani, ajrashish bo‘yicha yuzaki xulosalar chiqarilayotgani aniqlandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan oilaviy ajralish bo‘yicha hukmlar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42,8 foizga ortib ketgan. Natijada birgina o‘tgan chorakda viloyatdagi ajrashgan oilalarning 648 nafar farzandi ota yoki ona mehridan judo bo‘lgan.

Oilaviy ajrimlar bo‘yicha hukmlar chiqarilishida ayolning, voyaga yetmagan bolalarning boshpana ta’minoti masalasi hal etilmasdan qolmoqda. Bu o‘z navbatida yana ko‘plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Ayol voyaga yetmagan farzandlari bilan sarson bo‘lmoqda.

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ana shu masalalar atroflicha muhokama qilindi. Oilani mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar, ajrimlarning sabablari, unga yo‘l ochib berayotgan omillar hamda mavjud holat tahlil etildi.

Sessiyani Xalq deputatlari viloyat kengashi raisi, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov olib bordi.

Tanqidiy, tahliliy ruhda o‘tgan sessiya ishida tuman, shahar hokimlari, sektor rahbarlari, hokimlarning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar, xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, xalq deputatlari shahar, tuman kengashlari deputatlari, ta’lim muassasalari direktorlari, profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, yig‘inlar qoshidagi Yarashtirish komissiyalari, “Qaynonalar kengashi” jamoatchilik tuzilma raislari, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar, imom-xatiblar, otinoyilar ishtirok etdi.

Viloyatda oilani mustahkamlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga qaramasdan oilaviy ajrimlar soni ortib ketgani, oilalar bilan bog‘liq ko‘plab muammolar yuzaga kelgani tanqid qilindi.

Xalq deputatlari viloyat kengashi raisi tuman, shahar hokimliklari qoshida hokimlar raisligida huquq-tartibot idoralari va jamoatchilik vakillaridan iborat To‘y-marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzish taklifini ilgari surdi. Shuningdek, sessiyada fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, qator davlat idoralari rahbarlariga, profilaktika inspektorlariga, imom-xatiblar, otinoyilarga qat’iy vazifalar belgilandi. Mas’ul va rahbar shaxslarga oilaviy ajrim, umuman, oila bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Sessiyada oilaviy ajrimlarning og‘ir va ayanchli oqibatlari haqida hikoya qiluvchi film namoyish etildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют