» » Alpinist ozbek ayoli 40 yillik faoliyati haqida sozlab berdi

Alpinist ozbek ayoli 40 yillik faoliyati haqida sozlab berdi


Fargona viloyati Yozyovon tumanida istiqomat qiluvchi Zumrad Xojaeva ozbek xotin-qizlari orasida birinchilardan bolib alpinist sifatida faoliyat olib borgan. Bu haqda OzA xabar berdi.

U mazkur sport turi bilan bir necha yillar shugullangan bolib, turli murakkab tosiqlardan otib, choqqilarni zabt eta olgan. Ayni paytda Zumrad Xojayeva Asaka tumanidagi Zumrad bahor dalalari fermer xojaligi rahbari.

Bu voqealarni boshdan kechirganimga ham hash-pash deguncha 40 yil bolibdi, deydi alpinist ayol. On sakkiz yoshlik ot-olov davrim. Fargona davlat pedagogika institutining chet tillar fakulteti ingliz tili yonalishida talabaman. Mashgulotlar qizgin kunlarning birida auditoriyaga bir necha mehmonlar kirib keldi-da, rus tilida tog turizmi, alpinizm va instruktorlar maktabi haqida gapirdi. Ular sozlarining oxirida kim sportning bu turi bilan shugullanmoqchi bolsa, yordam berishlarini aytdi. Asalarichining qizi emasmanmi, boz ustiga, butun bolalik yillarini toglar bagrida otkazganim bois, ikkilanmay, hech narsadan chochimay, qorqmay qolimni yuqoriga dast kotarib men deb yubordim. Shundan boshlab, Shohimardonda alpinistlik bilan shugullanishni boshlaganman.

Zumrad Xojayeva Shohimardondagi turbazada mahoratli ustozlar komagida alpinistlikning sir-sinoatini organib, choqqilarni zabt etish ahdida astoydil mazkur sport turi bilan shugullandi. Guruhdagilar bilan birgalikda toglarga chiqishni boshladi.

Ustozimiz Narimon aka bizga jasorat va mardlikning, fidoiylik va ziyraklikning jonli, tirik timsoli bolib qolgan, deydi Xojayeva. Qalin qor va muzliklarda, dol va kuchli boronlar, qoqqis boshlangan tahlikali daqiqalarda dovdirab qolmasdan, nima qilish kerakligi, qanday yol tutish zarurligi boyicha zarur tavsiya bergan. Qor va tosh kochkilari bolib turgan paytlarda omon qolish uchun faqat tutilgan togri yol va qilingan togri harakatlargina alpinistning hayotini qutqarishi mumkinligini eslatardi. Vaziyat taqozo etganida esa zudlik bilan bir-biriga yordam, mehr-oqibat korsatish, jipslik, birdamlik yana bir bor takidlab otilardi.

Zumrad Xojayeva besh yil alpinist sifatida Pomir-Oloy tog tizmalarining koplab choqqilarni zabt eta oldi.

Bugun Shohimardonda yana turizm, tog sayyohligi rivojlanish bosqichida. Shohimardon ekoturizm markazi tashkil etilib, oz holiga tashlab qoyilgan bino-inshootlar tadbirkorlarga turizmni rivojlantirish maqsadida imtiyozli shartlarda berilmoqda. Mamlakatning turli hududlaridan bu yerga ziyorat va sayohatga keluvchilar soni ortmoqda. Ayni paytda bu yerda tog turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (2-05-2019, 19:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -