» » May oyidagi dam olish kunlari, Rossiya tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi, Ramazon oyi to‘g‘risidagi Prezident qarori va kunning boshqa xabarlari

May oyidagi dam olish kunlari, Rossiya tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi, Ramazon oyi to‘g‘risidagi Prezident qarori va kunning boshqa xabarlari


2-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekistonliklar may oyida necha kun dam oladi?

May oyida dam olish kunlari bo‘yicha hech qanday o‘ziga xoslik yo‘q. Haftasiga besh kun ishlaydiganlar odatdagidek shanba-yakshanba kunlari, olti kun ishlaydiganlar esa yakshanba kuni dam oladi.

***

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki tomonlama muzokaralar olib borish va Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashish uchun Toshkent shahriga keldi.

U dastlab O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi. So‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi.

***

Shavkat Mirziyoyev “Muborak Ramazon oyini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, joriy yil Ramazon oyining boshlanishi 6-may kuniga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston musulmonlari idorasining bu haqdagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilingan.

***

Andijonda 5 yoshli qizchani zo‘rlab, keyin uni o‘ldirgan pedofil 19 yilga qamaldi.

Sud tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, S.K. hushini yo‘qotgan paytda uning hayotini saqlab qolish mumkin bo‘lgan, lekin M.I. jinoyati oshkor bo‘lishidan qo‘rqib qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

***

Toshkentda liftda qamalib qolgan bolalar qutqarildi.

30-aprel kuni Toshkent shahri “Novza” metro bekati yonida joylashgan ko‘pqavatli uylarning birida 4 nafar bola liftga qamalib qolgan.

Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari 6 daqiqada voqea joyiga yetib borishgan va bolalarga kerakli yordamni ko‘rsatib, ularni qutqarib olishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют