» » Xitoy OAVlarining katta delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi (foto)

Xitoy OAVlarining katta delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi (foto)


Joriy yilning 30-aprel kuni madaniy almashuv dasturi doirasida Xitoyning ommaviy axborot vositalari, turoperatorlari va “Pekin shahrini madaniy rivojlantirish jamiyati” a’zolaridan iborat 43 kishilik delegatsiyasi O’zbekistoga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari tomonidan kutib olindi. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.

Xitoy delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi uch qadimiy shahar – Samarqand, Buxoro va Xivaga sayohatni ko‘zda tutadi. Xitoylik mehmonlar bir hafta davomida o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari va an’analari hamda sayyohlik salohiyati bilan tanishtiriladi. Delegatsiya tarkibidan Xitoyning eng yirik 4 radiostantsiyasi vakillari o‘rin olgan bo‘lib, ular real vaqt rejimida reportajlar olib boradi.

Dastur Toshkent shahridagi festival bilan yakunlanadi. Bu ikki mamlakat hayotidagi ajoyib hodisa bo‘lib, Xitoyning qadimdan to bugungi kungacha bo‘lgan o‘ziga xos noyob madaniyati bilan tanishish imkonini beradi. Festivalni o‘tkazish vaqtiga oid ma’lumotlar yaqin kunlarda qo‘mita saytida beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют