» » Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod qozoq tili bo‘yicha imtihonda 19 ta xatoga yo‘l qo‘ydi

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod qozoq tili bo‘yicha imtihonda 19 ta xatoga yo‘l qo‘ydi


Qozog‘iston prezidentligiga “Xalq demografiyasi” jamoat birlashmasining nomzodi, taniqli jamoat arbobi Jumatoy Aliyev davlat tili bo‘yicha testda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yib, qozoq tilini yaxshi bilmasligini ko‘rsatdi, deb xabar beradi Tenginews.

“Birinchi topshiriq — “Davlat va din” bo‘yicha insho, ikkinchisi — Muxtoz Avezovning “Abay yo‘li” romanidan parcha o‘qish. Uchinchi topshiriq esa — erkin mavzuda hisobot. Jumatoy Aliyev yozma ishni 1,5 soat davomida bajardi. Komissiya ushbu nomzod qozoq tilini bilmaydi degan xulosaga keldi. U tomonidan yozma ishda juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan – umumiy hisobda imloviy va stilistik 19 ta xato”, — deb izoh berdi markaziy saylov komissiyasining lingvistik komissiyasi a’zosi Odil Axmetov.

Jumatoy Aliyev davlat tilini yaxshi bilmasligi sababli prezident kursisi uchun kurashdan chiqqani aytilmoqda.

Qozog‘iston prezidenti saylovlari 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют