» » Bosh prokuratura mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga tan jarohati yetkazilganligi holati bo‘yicha ma’lumot berdi

Bosh prokuratura mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga tan jarohati yetkazilganligi holati bo‘yicha ma’lumot berdi


Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Yunusobod tumanidagi 23-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi 15 yoshli R.S.ga tan jarohatlari yetkazilgani haqida xabar berganildi . Bosh prokuratura ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgani to‘g‘risida “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi 2003-yil tug‘ilgan R.S.dan mutaxassislar ishtirokida tushuntirish xati olinganda, N.T ismli muassasa tarbiyachisi uni joriy yilning 19-yanvar kuni sababsiz xonasiga chaqirib oyoq qismiga pol yuvish uchun mo‘ljallangan yog‘och shvabra bilan urganini ma’lum qilgan.

R.S. ushbu qiynoqlarga chidamasdan mehribonlik uyidan qochib ketgani (3- va 6-fevral kunlari) sababli tarbiyachi bu safar uni muassasa omborxonasiga olib kirib, qo‘l oyoqlarini bog‘lab urgan, omborxonada uch kun mobaynida saqlagan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining 29-martdagi 1221-sonli xulosasida R.S.da aniqlangan tan jarohatlari qattiq o‘tmas jism ta’sirida yetkazilgan bo‘lib, og‘irlik darajasi bo‘yicha  sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelmaydigan yengil tan jarohati deb baholangan.

Mazkur holat yuzasidan 30-mart kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 7-aprel kuni keyingi tergov harakatlarini davom ettirish uchun Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limiga yuborilgan.

Jinoyat ishi Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi bo‘linma boshlig‘i mayor F.Abdullabekov tomonidan o‘z ish yurituviga olinib tergov harakatlariga kirishilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan S.Bavbekova, D.Fazilov, N.Ziyaeva, N.Shomatova, R.Gilmeyeva, N.Sh.Tashxodjayeva guvoh tariqasida so‘roq qilingan. Jinoyat ishi bo‘yicha N.To‘xtayev himoyachi ishtirokida gumon qilinuvchi tariqasida so‘roq qilingan.

Mazkur jinoyat ishi 20-aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilib, yozma ko‘rsatma bilan tuman IIO FMBga o‘tkazilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 10:14)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют