» » Davlat-xususiy sheriklik togrisidagi qonun senatorlar tomonidan maqullandi

Davlat-xususiy sheriklik togrisidagi qonun senatorlar tomonidan maqullandi


Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining on toqqizinchi yalpi majlisi davom etmoqda, deb xabar beradi Sevara Nishonova.

Senatorlar majlis Davlat-xususiy sheriklik togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qilishdan boshladi.

Hujjat davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilganligi takidlandi. Qonunda davlat-xususiy sheriklikning ushbu sohadagi asosiy prinsiplari va yonalishlari belgilanmoqda, davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shartlari va tartibi keltirilmoqda. Jumladan, Qonunga binoan davlat-xususiy sheriklik togrisidagi bitimning amal qilish muddati 49 yilni tashkil etadi.

Shu bilan birga, saralab olishda ishtirok etish uchun xususiy sherikka quyidagi talablar qoyilmoqda: huquq layoqatga ega bolish, ishga layoqatlilik, tolay olish qobiliyati, soliqlar boyicha qarzdorlik yoqligi, zarur moliyaviy, moddiy-texnik va mehnat resurslari borligi.

Qonunda xususiy sherik tender yoki togridan togri muzokaralar asosida saralab olinishi nazarda tutilmoqda. Bunda bir bosqichli va ikki bosqichli tender otkazish tartibi belgilanmoqda: umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar bolgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari boyicha bir bosqichli tender otkaziladi, umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bolgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari boyicha ikki bosqichli tender otkaziladi (u dastlabki malakani aniqlash va tender golibini saralash bosqichlarini oz ichiga oladi).

Qonun muhokamasida takidlanganidek, davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini taminlashda, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq huquqlar, boshqa mutlaq huquqlar, yer uchastkasi, boshqa kochmas mol-mulk obyekti va ozga mol-mulk muayyan shaxsga tegishli bolganda, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan hollarda davlat-xususiy sheriklik togrisidagi bitimni davlat sherigining qaroriga muvofiq togridan togri muzokaralar otkazish asosida tender otkazmasdan tuzish mumkin.

Bundan tashqari, Qonunda xususiy sherik manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari nazarda tutilmoqda va davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring va hisobdorlik tartibi belgilanmoqda. Davlat-xususiy sheriklikni moliyaviy jihatdan qollab-quvvatlash mexanizmlari belgilanmoqda. Davlatning mablag (grantlar, subsidiyalar) bilan ishtirok etishi, soliqqa oid va boshqa imtiyozlar, aktivlar, qarzlar tarzidagi qoyilmalar, xususiy sherikning kafolatlangan eng kam daromadini taminlashga yonaltiriladigan subsidiyalar, davlat kafolatlari uning asosiy turlari hisoblanadi.

Qonun u kuchga kirguniga qadar tuzilgan davlat-xususiy sheriklik togrisidagi bitimlarga, shuningdek mahsulot taqsimoti togrisidagi bitimlarga tatbiq etilmasligi nazarda tutilmoqda.

Qonun ijtimoiy muhim vazifalarni ozaro foydali shartlar asosida hal qilish uchun davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirishga komaklashishi qayd etildi.

Qonun senatorlar tomonidan maqullandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-05-2019, 12:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -