» » Ozbekistonda 20172018-yillarda qariyb 1200 kishi ovqatdan zaharlangan. Ulardan 222 nafari bolalar

Ozbekistonda 20172018-yillarda qariyb 1200 kishi ovqatdan zaharlangan. Ulardan 222 nafari bolalar


Ozbekistondagi umumiy ovqatlanish korxonalari va dehqon bozorlarining sanitariya - epidemiologik holati talabga javob bermaydi. Bu haqda Senat raisi Nigmatilla Yoldoshev malum qildi, deb xabar berdi Daryo muxbiri Sevara Nishonova.

2017-yilda reja asosida oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari, oziq-ovqat savdosi obyektlari va umumiy ovqatlanish korxonalarida otkazilgan sanitariya nazorati davomida 587 ta tadbirkorlik subyektining barchasida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari qopol buzilganligi aniqlangan. Bu jami tadbirkorlik subyektlarining bor-yogi 1 foizidir.

Endi tasavvur qiling: Subyektlarning qolgan 99 foizida ham ahvol shunday bolsa, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toliq taminlanganiga kim kafolat beradi?, deydi Senat raisi.

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi malumotlariga kora, 20172018-yillarda 1190 nafar fuqaro (ularning 222 nafari bolalar) ovqatdan zaharlangan va 9 nafari vafot etgan.

Mamlakatdagi dehqon bozorlarining sanitariya-epidemiologik holati ham talabga javob bermaydi.

Malumotlarga kora, jami 300 ga yaqin dehqon bozori va ularning 150 dan ortiq shoxobchasining aksariyati ichimlik suvi bilan toliq taminlanmagan, savdo rastalari yetishmaydi, tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini sotish uchun maxsus rastalar va sharoitlar yaratilmagan.

Veterinariya-sanitariya laboratoriyalari tashkil etilmagan, chiqindilarni yigish uchun maxsus joylar ajratilmagan.

Shuningdek, dehqon bozorlarida sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan, bozor hududining ochiq maydonlarida yoki uy sharoitida tayyorlangan taomlar bilan savdo qilish amaliyoti tobora avj olmoqda.

2018-yilda otkazilgan sanitariya nazorati tadbirlarida dehqon bozorlaridagi 46 855 nafar sotuvchi tibbiy korikdan otmaganligi aniqlangan.

Ana shunday bir sharoitda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish hamda xizmat korsatish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga oz vaqtida rioya etilishini taminlash boyicha sanitariya-epidemiologiya xizmatining nazorat faoliyati cheklanganicha qolmoqda.

Yani qonunchilikka muvofiq, sanitariya-epidemiologiya xizmati tekshiruv otkazish uchun vakolatli organga buyurtma beradi.

Buyurtma vakolatli organ tomonidan uch ish kunidan kechiktirmasdan korib chiqiladi hamda tekshiruvni otkazish kelishilganligi yoki rad etilganligi togrisida qaror qabul qilinadi.

Bunday amaliyot sanitariya-epidemiologiya xizmati zimmasiga yuklatilgan vazifalarni toliq royobga chiqarish, ayniqsa, inson hayoti va sogligiga xavf tugdirishi mumkin bolgan har qanday holatlarga nisbatan tezkor choralar korish imkoniyatini deyarli yoqqa chiqarmoqda.

Birgina misol: 2018-yilning sentabrida Qarshi shahridagi Baxtli oila toyxonasida otkazilgan toyda 70 nafar fuqaro ovqatdan zaharlangan.

Shunga qaramasdan, sanitariya-epidemiologiya markaziga ushbu obyektdagi zaharlanish holatini tekshirish va profilaktik choralarni amalga oshirish maqsadida qisqa mud- datli sanitariya nazoratini otkazishga ruxsat berilmagan.

Shu bois, Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini kelishish va otkazish tartibi haqidagi 2018-yil 7-sentabrda royxatdan otkazilgan vaqtinchalik nizomga tegishli ozgartishlar kiritish dolzarb ahamiyatga ega.

Xususan, davlat sanitariya nazoratini barcha obyektlarda, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga qarashli savdo va xizmat korsatish obyektlarida istalgan vaqtda, hech qanday moneliksiz, moliya xojalik faoliyatiga aralashmagan holda otkazish mumkinligini belgilash masalasini korib chiqishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Zero, insonning hayoti va sogligi barcha narsadan, jumladan tadbirkorning moliyaviy manfaatlaridan ham ustundir, deydi Nigmatilla Yoldoshev.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-05-2019, 12:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
:
-
:
20 ... -