» » O‘zbekistondan Umra ziyoratiga borish xarajatlarini yanada arzonlashtirish mumkinmi? Saudiyada hamma mehmonxonalar uch, to‘rt yo besh yulduzlimi?

O‘zbekistondan Umra ziyoratiga borish xarajatlarini yanada arzonlashtirish mumkinmi? Saudiyada hamma mehmonxonalar uch, to‘rt yo besh yulduzlimi?


Safarga chiqayotgan odam uchta muhim narsaga e’tibor qaratadi: viza, chipta va mehmonxona / turar joy. Bu jihatlar Umra ziyoratida ham muhim va ularni arzonlashtirsa bo‘ladi. Shoir va tarjimon A’zam Obid Facebook’dagi sahifasida shu haqda fikr yuritgan.

Chipta: Мuallifga ko‘ra, ziyoratga borib-kelish chiptasi taxminan 6,5-7 million so‘m (770-830 dollar). Saudiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys har kuni uchyapti. Turfirmalar orqali ketilsa, “Havo yo‘llari” uchoqlarida borsa bo‘ladimi? Dubay, Dehli yo Istanbul orqali ham chipta narxidagi farq juda katta emas, hatto ba’zan arzonroq.

Viza: Turistik agentlik va umraga borishga yordam bermoqchi bo‘lgan ayrim “ucharlar” viza uchun taxminan 500-600 dollar so‘ramoqda (viza xizmati va yo viza uchun bunday narx dunyoning hech bir mamlakatida mavjud emas!). Saudiya vizani bepul deyapti, ammo turagentliklar yoki hukumat qanday viza xizmati yo hujjati uchun pul olayotgani negadir shaffof emas. Masalan, kompyuterda ishlash, tegishli tilni biladigan odam viza anketasini bemalol o‘zi to‘ldira oladi. Anketa to‘ldirib jo‘natish va tasdiqlangan vizani egasiga yuborish uchun shuncha pul olinyaptimi?

Saudiya Arabistoni bepul deb ko‘rsatayotgn Umra vizasi va yo viza xizmati uchun narx bizda qanday belgilanyapti?

Mehmonxona / turar joy: Hukumat va turfirmalar negadir hashamatli turar joy taklif etyapti. Saudiyada hamma mehmonxonalar uch, to‘rt yo besh yulduzlimi? Oddiyroq, arzonroq xostelda tursa bo‘lmaydimi? Niyat-maqsad chin dildan ibodat va hokisorlik bilan muqaddas joylarni ziyorat qilish bo‘lsa yaxshi, yulduzli mehmonxonada rohatlanish emas.

Oddiy ziyoratchiga o‘zbek oshpazlari tayyorlagan taomlar, 24 soatlik bepul tibbiy xizmat, mamlakat ramzlari tushirilgan maxsus libos, ibodat qo‘llanmasi, beyjik, zamonaviy transportning qanchalik keragi bor?

Tibbiy sug‘urta polisini olish juda oson, nari borsa ikki haftalik tur uchun 50 dollar pul to‘laysiz. Ziyoratga borgan joyingizda o‘sha yurt halol taomlaridan tatib ko‘rish qiziqroq emasmi? Va yo hozir zamonaviy bo‘lmagan qanday transport bor? Volkswagen yo BMW emas, oddiy avtobus va arzonroq taksi xizmatidan foydalansa nega bo‘lmaydi?

Ziyoratga maxsus ramz tushirilgan maxsus libosda emas, aytaylik, o‘zimizning paxtadan tayyorlangan toza liboslar, odmigina oppoq futbolkalarimizni kiysa bo‘lmasmi, yo o‘zbekligimizni albatta ramzlar orqali ko‘rsatib yurishimiz zarurmi?

Sayohat qilish tajribasiga ega yurtdoshlar ellikboshi yo yuzboshisiz mustaqil ravishda oila a’zolari, do‘stlari bilan ziyoratga otlanishiga ruxsat berilsa, bir haftalik ziyorat / ibodatga borish xarajati yanada qisqargan va ko‘pchilik uchun ancha yengillik bo‘lgan bo‘lardi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistonda Umra safari 1,3 million co‘mga arzonlashtirilgani bildirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют