» » O‘zbekistondagi Isroil elchixonasi viza berish tizimini o‘zgartirdi

O‘zbekistondagi Isroil elchixonasi viza berish tizimini o‘zgartirdi


2019-yilning 18-aprelidan boshlab Isroilga tashrif buyurish uchun viza olish uchun arizalar TLS Contact center viza markazi orqali amalga oshiriladi, deya xabar beradi Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi.

Viza markazi orqali ariza berish tartibi xizmatlar sifatini oshirish, hamda zarur bo‘lgan hujjatlar to‘plamini to‘g‘ri taqdim etish maqsadida tashkil etilgan.

Viza arizasini topshirish uchun veb-sahifasi orqali yoki +99878-129-20-13/14 telefon raqami orqali TLS Contact center viza markazida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Qo‘ng‘iroqlar dushanbadan jumagacha soat 08:30 dan 12:00 gacha va 13:00 dan 16:30 gacha qabul qilinadi. Viza markazi Toshkent shahri, “Darhon” biznes markazi, Mustaqillik shoh ko‘chasi 88-a uy manzilda joylashgan. Viza olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati bilan elchixona veb-sahifasi hamda Konsullik xizmatlari bo‘limida tanishish mumkin.

Hujjatlar viza olish markazida ko‘rib chiqiladi va elchixonaga tayyor holda topshiriladi. Zarur hollarda intervyu uchun elchixonaga ba’zi ariza beruvchilar taklif qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 16:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют