» » AQShning Nebraska shtati gubernatori O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

AQShning Nebraska shtati gubernatori O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda


O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi mintaqasi bo‘lgan Nebraska shtatiga safar qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nebraska gubernatori Pit Riketts bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida Navoiy viloyati va Nebraska shtati shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Shuningdek, Riketts boshchiligida shtat savdo missiyasining O‘zbekistonga safarini tashkil etish masalasi ham muhokama etilgan.

Shuningdek, safar davomida Omaxadagi Nebraska universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Ularda almashinuv dasturlari, hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro munosabatlar, iqtisod va jurnalistika, biznes boshqaruvi, bank ishi va marketing sohalarida ikki diplom tizimini joriy etish nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют