» » Qozogistonda nasha yetishtirishni qonuniylashtirish taklif qilindi

Qozogistonda nasha yetishtirishni qonuniylashtirish taklif qilindi


Qozogistonda saraton va boshqa kasalliklarni davolash uchun marixuana (nasha)dan foydalanadigan klinika paydo bolishi mumkin, deb xabar berdi Tengrinews.

Nashaning maxsus navi yetishtirilib, undan dori vositasining asosi bolgan yog ajratib olinadi. Hozir bunday faoliyat bilan AQSh, Kanada, Isroil va boshqa bir qator davlatlar shugullanmoqda. Mutaxassislarning ishonch bilan takidlashicha, saratonga qarshi ushbu dori vositasi yordamida besh mingdan ortiq odam davolangan.

Xorijiy investorlar bunday tajribani Qozogistonda ham joriy etish istagida. Tashkilot rahbari Zamig Rahimovning ozi ham saratondan davolangan. Olmaotada kimyoterapiya kursini olgan, lekin ananaviy davolash usuli tugashini kutmay, Isroilga jonab ketgan. U yerda nashadan tayyorlangan dori vositasini qabul qilgan. Tadbirkorning takidlashicha, ikki oydan song kasallik chekingan.

Marixuanananing Indika nomli dorivor navini Olmaota viloyatidagi Qapchagay shahri yaqinida yetishtirish rejalashtirilmoqda. Issiqxona qurilishi va klinika ochilishiga investorlar 15 million dollar sarmoya kiritishga tayyor. Bir shisha dorivor yogning narxi 100 dollar bolishi taxmin qilinmoqda.

Investorlar yaqin kunlarda Qozogiston Sogliqni saqlash va Ichki ishlar vazirliklari bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirgan. Agar Qozogiston hukumati bunga rozilik bersa, ular issiqxona va klinika qurishni shu yilning ozidayoq boshlashga tayyor.

Nega aynan Qozogistonni tanladik? Chunki bu yerda nasha yetishtirish uchun qulay iqlim sharoiti mavjud. Kelajakda boshqa kasalliklarni davolashda ham nashadan foydalanish boyicha tadqiqotlar olib borish maqsadida Qozogistonga tajribali professorlar va shifokorlarni jalb etamiz. Umid qilamizki, Qozogiston hukumati qonun doirasida bu dori vositasi bilan rasmiy ish olib borishga ruxsat beradi, deydi Rais Medicann International kompaniyasi asoschisi Eddi Isay.

Bu Qozogistonda marixuana yetishtirish va uni qayta ishlashni qonuniylashtirish boyicha birinchi urinish emas. Ikki yil avval mamlakat Ichki ishlar vazirligi BMT konvensiyasiga asoslanib, Olmaotadagi laboratoriyada bunday tadqiqotlarni olib borishni taqiqlagan edi. Qozogistonda rasman faqat kannabinoidibolmagan texnik nasha yetishtiriladi. Undan uruglar, tolalar va ozaklar uchun xomashyo ishlab chiqariladi. Qozogistonda giyohvand osimliklar taqiqlangan.

Palliativ yordam assotsiatsiyasi prezidenti Gulnora Kunirovaning fikricha, saraton kasalligini davolash boyicha yangicha yondashuvlarni joriy etishdan avval mamlakatda ruxsat berilgan dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini oshirish lozim. Ularning tarkibida ham narkotik modda bolgani sababli shifokorlar bemorga har doim ham bunday dorilarni buyurmaydi.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-05-2019, 16:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -