» » 19 ming dona taqiqlangan tramadol dori vositasini O‘zbekistonda sotishga uringanlar ushlandi

19 ming dona taqiqlangan tramadol dori vositasini O‘zbekistonda sotishga uringanlar ushlandi


Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda taqiqlangan dori vositalari savdosiga ixtisoslashgan guruhning faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanaliga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

19 ming dona tramadol tabletkalarini (kuchli qaramlikka olib keladigan psixotrop dori vositasi) sotishga uringan ikki nafar Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olingan.

Ularning birining aytishicha, mazkur dori vositalari doimiy ravishda kontrabanda usuli bilan Qozog‘iston fuqarosi tomonidan O‘zbekiston hududiga olib kirilgan. Bitim vaqtida O‘zbekiston fuqarosi dorilarni ulgurji xaridor sifatida sotib olib, uni o‘z foydasi uchun chakana savdo orqali sotishni rejalashtirgan.

Ayni vaqtda mazkur ish yuzasidan tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.

Respublika giyohvandlikka qarshi kurashish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda O‘zbekistonda ilgari geroinga qaramlikdan aziyat chekib, tramadol iste’moliga o‘tgan 104 nafar bemor davolangan bo‘lsa, 2016-yilda ushbu ko‘rsatkich 130 dan ortiqni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют