» » Chilonzor tumanida psixotrop modda sotishga voyaga yetmagan farzandini jalb qilgan ayol qo‘lga olindi

Chilonzor tumanida psixotrop modda sotishga voyaga yetmagan farzandini jalb qilgan ayol qo‘lga olindi


Chilonzor tumanida psixotrop modda sotishga voyaga yetmagan farzandini jalb qilgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod bo‘limi katta inspektori Islomjon Tursunov ma’lum qildi, deb xabar berdi “1news.uz”.

Qo‘lga olingan shaxs Chilonzor tumanining 20-mavzesida “Lirika” psixotrop moddasini noqonuniy ravishda sotgan. Ayol bu ishga o‘zining voyaga yetmagan o‘g‘lini ham jalb qilgan. O‘g‘li ryukzagiga dori vositalarini solib chiqib sotayotgan vaqtda ushlangan. Ryukzak ichidagi dori vositalari tekshirilganda, psixotrop va giyohvand moddalarga tenglashtirilgan qator kimyoviy moddalar, xususan, “lirika” dori vositasi borligi aniqlangan.

24post.uz nashrining bildirishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod bo‘limi xodimlari Chilonzor tumanidagi 200-umumta’lim maktabning o‘quvchilari hamda ota-onalari bilan ushbu jinoyat xususida suhbat uyushtirib, tushuntirish ishlari olib borgan.

Psixotrop va giyohvand moddalarga tenglashtirilgan kimyoviy moddalarni katta miqdorda olib kirish, sotish va shu orqali yoshlarni zararli odatlarga ko‘nikma hosil qildirish katta jinoyat ekanligi ta’kidlandi. Aybdor fuqaroning xatti-harakati qoralandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют