» » Chilonzor tumanida Prezident davlat maslahatchisi ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Chilonzor tumanida Prezident davlat maslahatchisi ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi


Shu kunlarda Toshkent shahrining tumanlarida tashkil etilayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Chilonzor tumanida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov boshchiligidagi sayyor qabul Toshkent davlat pedagogika universiteti binosida bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida Toshkent shahar Chilonzor tumani aholisining ariza va shikoyatlari tinglandi.

Chilonzor tumanidagi mahallalardan birining vakili mahalladagi 24 ta xonadonga kanalizatsiya o‘tkazish masalasida murojaat qildi.

Tumanda yashovchi boshqa bir ayol yosh oila uchun uy-joy masalasida murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uy olish uchun ixtiyorida dastlabki to‘lov summasi borligiga qaramasdan, hokimiyat uning murojaatiga nisbatan e’tiborsizlik qilmoqda.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan, ammo kredit olish masalasida jiddiy to‘siqlarga duch kelayotgan yana bir ayolning murojaati yig‘ilish ishtirokchilarining e’tiborini tortdi.

Murojaat qiluvchi o‘g‘illarining voyaga yetib, mamlakat rivoji uchun mehnat qilishga tayyor ekanligini, biroq kredit olish masalasida yuzaga kelayotgan muammolar sababli xorijga ishlash uchun ketmoqchi bo‘layotganini kuyinib gapirdi.

Bir necha yil avval avtohalokat tufayli nogiron bo‘lib qolgan ayol o‘z o‘g‘lining oliy ta‘limdagi o‘qishini tiklash masalasida murojaat qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют