» » A Seriya 35-tur bahslarini Turin derbisi boshlab beradi

A Seriya 35-tur bahslarini Turin derbisi boshlab beradi


3-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 35-tur bahslariga start beriladi.

Turning dastlabki o‘yinida muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida Turinning boshqa bir klubi “Torino”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, “keksa sinyora” avvalgi turda “Inter” bilan durang o‘ynagandi (1:1).

4-aprel, shanba kuni  musobaqa Milanning “Inter” klubi mehmonda “Udineze” bilan bahsga kirishadi. Bellashuvga soat 23:30 da start beriladi. Ma’lumot uchun, “neradzurrilar” 62 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda, “Udineze” esa 33 ochko bilan 17-pog‘onani band qilib turibdi.

5-aprel, yakshanba kuni Klaudio Ranyeri boshqaruvidagi Rimning “Roma” klubi safarda “Jenoa” bilan o‘ynaydi. O‘yin soat 21:00 da boshlanishi belgilangan. Ta’kidlash joiz, rimliklar oxirgi turda “Kalyari”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgandi (3:0).

Shu kuni Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” jamoasi “Kalyari”ga qarshi maydonga tushadi. Bahsga 23:30 da start beriladi. Eslatib o‘tamiz, neapolliklar oxirgi uchrashuvda “Frozinone” darvozasiga javobsiz 2 ta to‘p kiritgandi (2:0).

Jennaro Gattuzo boshliq “Milan” klubi “San-Siro” stadionida “Bolonya”ni sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv soat 23:30 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, “rossonerilar” avvalgi turda “Torino”ga yutqazgandi (0:2).

A Seriya

35-tur bahslari

3-aprel, juma

4-aprel, shanba

5-aprel, yakshanba

6-aprel, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют