» » “Obod maktab — 2019” tanlovi g‘olibini aniqlashda jamoatchilik ovozi inobatga olinadi

“Obod maktab — 2019” tanlovi g‘olibini aniqlashda jamoatchilik ovozi inobatga olinadi


Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mehnatsevarlik, ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, ta’lim muassasalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish orqali o‘quvchi yoshlarning faolligini oshirish, bu borada ilg‘or tajribalarni rag‘batlantirish va ommalashtirish maqsadida xalq ta’limi tizimidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida “Obod maktab” tanlovi o‘tkazilmoqda, deb Xalq ta’lim vazirligi xabar qiladi.

Mazkur tanlov uch bosqichda tashkil etilgan bo‘lib, birinchi bosqichda ta’lim muassasalarida 20-martdan 20-aprelga qadar amalga oshirilgan ishlar yakuni yuzasidan muassasa tomonidan 5 daqiqagacha bo‘lgan maxsus ijodiy rolik tayyorlangan holda vazirlikka @obod_maktab Telegram boti orqali qabul qilindi.

Ayni kunlarda tanlovning ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Mazkur bosqichda kelib tushgan ishlar maxsus saralash guruhi, respublika ekspertlar guruhi tomonidan saralandi va ekologik oylik davomida eng yaxshi “Obod maktab” nomzodligiga munosib deb topilgan ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlar hamda jamoatchilik tomonidan baholanishi uchun vazirlikning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ovozga qo‘yildi.

Shu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligi keng jamoatchilik va o‘quvchi-yoshlarni maktablar tomonidan taqdim etilgan maxsus ijodiy roliklarga ovoz berishda faol qatnashishlarini so‘raydi. Alohida ta’kidlash joizki, ushbu videoroliklardagi barcha ishlar shu maktab o‘quvchilari va maktab jamoasi tomonidan tashkil etilgan.

Uchinchi bosqichda esa ovoz berish jarayonlari yakunlanguniga qadar hududiy mas’ullar bilan birgalikda maxsus saralash guruhi a’zolari, respublika ekspertlar guruhi joylarga chiqqan holda eng yaxshi “Obod maktab” nomzodligiga munosib deb topilgan ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganib chiqadi. So‘ngra o‘rganish yakunlari va ovoz berish natijalari inobatga olingan holda 14 ta hududdan 1 tadan eng yaxshi deb topilgan ta’lim muassasasi tanlov g‘olibi deb e’lon qilinadi.

Ovoz berish jarayoni 2019-yil 10-may kuni soat 17:00 da yakunlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...