» » O‘zbekistonda “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi-2018” tanlovi boshlandi

O‘zbekistonda “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi-2018” tanlovi boshlandi


“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovi joriy yilda bir qator o‘zgarishlar bilan yangicha tarzda o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi-2018” tanlovi uch bosqichda: tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichida tashkil etilib, unda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar ishtirok etmoqda.

Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning 13—18-may kunlari 11 ta hududda o‘tkazilib, 13 ta o‘quv fanidan jami 197 nafar ishtirokchi 4 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashadi. Jumladan, dars ishlanmasi va taqdimot, ishtirokchining oxirgi uch yil davomida erishgan yutuqlari (o‘quvchisining respublika va xalqaro tanlovlardagi muvaffaqiyati), dars mashg‘uloti hamda onlayn test-sinovlari kabi shartlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Mazkur tanlov davomida aniqlangan ilg‘or tajriba, o‘qitishning muqobil metodlari va texnologiyalari respublika ta’lim markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi, tajriba-sinovdan o‘tkazilib, respublika miqyosida joriy etiladi.

Tanlov g‘oliblari “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak-nishoni hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют