» » Karmanalik yosh navoiyxonga Prezident sovg‘asi — Spark avtomashinasi berildi

Karmanalik yosh navoiyxonga Prezident sovg‘asi — Spark avtomashinasi berildi


Navoiy viloyatida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yosh navoiyxonlar” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida Navoiyning boy ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ulug‘ shoir yaratgan asarlardagi Vatanni sevish, ota-onaga hurmat hamda kasb-hunar egallash kabi ezgu g‘oyalarni ular ongiga singdirishdan iboratdir, deyiladi xabarda.

Mazkur tanlovning quyi bosqichlarida 2 mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlar qatnashdi. Viloyat bosqichida esa 6 nafar nomzodlarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi hamda hakamlar hay’atining belgilangan mezonlari asosida baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Karmana tumanidagi 28-sonli maktab o‘quvchisi Komila Hamroyeva “Yosh navoiyxonlar” ko‘rik-tanlovi g‘olibi deb topildi va Prezident sovg‘asi Spark avtomobili bilan taqdirlandi.

2 va 3-o‘rinni egallagan o‘quvchi yoshlarga esa noutbuk hamda kompyuter jamlanmalari berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 21:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют