» » Navoiyda 250 ta g‘azal yodlagan 9-sinf o‘quvchisiga Spark avtomobili topshirildi

Navoiyda 250 ta g‘azal yodlagan 9-sinf o‘quvchisiga Spark avtomobili topshirildi


Navoiy viloyatida 250 ta g‘azal yodlagan 9 sinf o‘quvchisiga Prezident sovg‘asi sifatida Spark avtomashinasi topshirildi. Karmana tumanidagi 28-umumta’lim maktabida o‘qiydigan Komila Hamroyeva “Navoiylik yosh navoiyxonlar” tanlovida g‘olib bo‘lgani uchun viloyat hokimi tomonidan taqdirlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Dildora Kattayeva xabar berdi.

Men ikki yildan buyon Navoiy bobomizning g‘azallarini o‘rganishga qat’iy kirishganman. Bu ijodiy meros menga o‘zgacha kuch beradi. Menga topshirilgan Spark’ni esa onamga sovg‘a qilaman. Otamning yo‘qligini bildirmay, egizak ukalarim bilan bizni katta qilib kelayotgan onajonimning kemtik ko‘nglini oz bo‘lsa-da ko‘tarolsam xursandman.

Komila Hamroyeva

Navoiyda 4–6-fevral kunlari “Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Mazkur konferensiya doirasida viloyat miqyosida yosh navoiyxonlar tanlovi ham an’anaviy tarzda tashkillashtirilib boriladi. Bellashuvda qatnashadigan yoshlar esa har yili viloyatga keladigan xalqaro darajadagi olimlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazishadi.

Bizning tanlov g‘oliblariga viloyat hokimligi tomonidan 2-marotaba Spark avtomashinasi topshirildi. Bu tanlovni qaysidir ma’noda xayirli va barakali deyish mumkin, chunki o‘tgan yili 8-sinf o‘quvchisi Ibrohim G‘ofurov ilk bor avtomashina sohibi bo‘lgandi. Hozirda bu yigit yurtboshimiz bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘lib, “Mard o‘g‘lon” ko‘krak-nishoni sohibiga aylangan.

Baxriddin Sadriddinov, Navoiy viloyati yozuvchilar uyushmasi raisi

Joriy yilda ham mazkur bellashuvda ishtirok etgan 100 nafar yosh navoiyxonlardan 5 nafari tanlovda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lib, viloyatga tashrif buyurgan 60 nafar xalqaro darajadagi olimlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют