» » Navoiy shahrida Alisher Navoiy ijodiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Navoiy shahrida Alisher Navoiy ijodiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi


Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida II-an’anaviy xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan anjumanda Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Eron, Tojikiston, Mo‘g‘uliston kabi davlatlardan 20 dan ortiq taniqli navoiyshunos olim, 200 ga yaqin o‘zbekistonlik professor va akademik, ijodkor ziyoli, yosh olim va talaba ishtirok etdi.

Anjuman davomida navoiyshunoslar sho‘’balarga bo‘linib, Navoiy ijodini o‘rganishda erishilgan yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalar xususida fikr almashdi. Buyuk mutafakkir asarlarini dunyo tillariga tarjima qilish, o‘quvchilarga tushunarli, ravon tilda bayon etish xususidagi izlanishlar samarasi tahlil etildi.

Konferensiya doirasida Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid ko‘rgazma tashkil qilinib, “Farhod” madaniyat saroyida taniqli aktyor va san’atkorlar tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, shoir g‘azallari bilan aytiladigan qo‘shiqlar yangradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют