» » Navoiyda Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan II xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

Navoiyda Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan II xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi


Joriy yilda Navoiy viloyatida o‘tkaziladigan Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston va 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan 200 nafarga yaqin navoiyshunos olimlar ishtirok etadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

“Ular orasida eronlik Ibrohim Xudoyor, turkiyalik Fikret Turkmen, rossiyalik Aleksey Pilev, ozarbayjonlik Moxsun Nagisoylu, Gyulbaniz Abbasova, tojikistonlik Abdusalom Abduqodirov, qozog‘istonlik Azamat Akbarov kabi taniqli mutaxassislar borligi Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodi faqat o‘zbek, balki jahon adabiyotida ham tadqiqotchilar diqqat markazida ekanligidan dalolatdir”, — deyiladi xabarda.

Bugun hazrat Navoiy haqli ravishda jahon madaniyatining mumtoz vakillari safidan yetakchi o‘rinni zabt etdi. Uning asarlari jahondagi yuzlab tillarga tarjima qilingan. Shuningdek, har yili dunyoning o‘nlab nufuzli ilm dargohlarida uning adabiy merosi bilan bog‘liq anjumanlar, konferensiyalar o‘tkazilmoqda. She’riyat ixlosmandlari shoir asarlarida tarannum etilgan oliyjanob g‘oyalar va falsafiy mushohadalaridan zavq olmoqda.

Ulug‘bek Sattorov, adabiyotshunos olim



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют