» » Shavkat Mirziyoyev joriy yil Rossiyaga tashrif bilan boradi

Shavkat Mirziyoyev joriy yil Rossiyaga tashrif bilan boradi


Shavkat Mirziyoyev joriy yil Rossiyaga tashrif bilan boradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Toshkentga safarini yoritgan TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Toshkentga tashrif Rossiya—O‘zbekiston muloqotining yuqori darajasini namoyish etdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil Rossiya Federatsiyasiga tashrifini tayyorlashda ustuvor vazifalarni belgilash imkonini berdi”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 30-may kuni O‘zbekistonga keladi. May oyi oxirida Toshkentda Rossiya—O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining hukumat raislari darajasidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют