» » AQShda Kubadan uchib kelgan Boeing 737 daryoga quladi

AQShda Kubadan uchib kelgan Boeing 737 daryoga quladi


Floridada Guantanamodan uchib kelgan Boeing 737 samolyot qo‘nish chog‘ida uchish-qo‘nish maydonidan chiqib ketib, daryoga quladi. Bu haqda Jeksonvilldagi harbiy-dengiz bazasi vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Miami Air kompaniyasiga tegishli layner Kubadadan Floridaga yo‘l olgandi. Havo kemasi AQShning Guantanamodagi bazasidan harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, shuningdek, bazaga tashrif buyuruvchilarni Floridaga va yana qayta Guantanamoga tashiydi.

Samolyot bortida 143 kishi — 136 nafar yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani bildirilmoqda. Ulardan 21 nafari yengil jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют