» » “MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi Afg‘onistonga ilk eksportni amalga oshirdi

“MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi Afg‘onistonga ilk eksportni amalga oshirdi


“MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi Afg‘onistonga ilk eksportni amalga oshirdi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati xabar berdi.

Xaridlar bo‘yicha milliy idora Kobul hokimligiga MAN CLA avtosamosvali va MAN CLA suv tashuvchi avtosisternalarni topshirdi va texnikalar allaqachon to‘liq quvvat bilan muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.

“Qayd etish joizki, bugungi kunda “MAN Auto-Uzbekistan” MChJ Qozog‘iston, Tojikiston, Gruziya, Ozarboyjon va Ukrainaga texnika eksport qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

“MAN Auto-Uzbekistan” MChJ qo‘shma korxonasi hozirda O‘zbekiston avtomobil tarmog‘ining eng ustuvor loyihalaridan biri bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishi O‘zbekiston va qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlari uchun MAN tijoriy yuk mashinalarini ishlab chiqarish va sotishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют