» » Bosh prokuror Otabek Murodov: O‘zbekistonda o‘tgan yili 2 mingga yaqin mansabdor korrupsiya tufayli javobgarlikka tortildi

Bosh prokuror Otabek Murodov: O‘zbekistonda o‘tgan yili 2 mingga yaqin mansabdor korrupsiya tufayli javobgarlikka tortildi


Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisida Bosh prokuror Otabek Murodovning prokuratura organlarining 2018-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Murodovning ta’kidlashicha, hisobot davrida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 1 907 nafar mansabdor shaxs turli ko‘rinishdagi mansabdorlik jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Jinoyati fosh qilingan mansabdorlarning 48 nafarini respublika miqyosidagi vazirliklar va idoralar, 191 nafarini viloyat hamda 1 668 nafarini tuman (shahar) darajasidagi idoralar vakillari tashkil etadi.

Har bir davlat idorasi tizimida jinoyat, shu jumladan korrupsiya xavf-xatarlarini va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish (compliance-control) bo‘yicha o‘z strategiyasini ishlab chiqish ishlari boshlandi.

Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish, chet davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasi doirasida xalqaro ekspertlarning mamlakatga tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, korrupsiya uchun javobgarlik, tergov va sud ishlarini yuritish, davlat xaridlari, ommaviy boshqaruvda shaffoflik masalalarida 12 ta sessiya o‘tkazilib, O‘zbekiston tomonidan 4-raund monitoring tavsiyalarining bajarilishi muhokama etildi hamda olib borilayotgan islohotlar va yutuqlar ijobiy baholandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют