» » Bishkekda erkak 9 yoshli jiyanini mashinasiga bog‘lab, yerda sudradi

Bishkekda erkak 9 yoshli jiyanini mashinasiga bog‘lab, yerda sudradi


Bishkekda 33 yoshli erkak 9 yashar jiyanini BMW mashinasiga bog‘lab, 20 metrgacha sudrab ketgani aniqlandi. Bu haqda Bishkek shahar  IIBB ma’lumotiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27-aprel kuni soat 8:00 da Birinchi May tumani IIBga “Oltin qoziq” mavzesida bir erkak yosh bolani do‘pposlayotgani haqida murojaat kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan huquq-tartibot organlari xodimlari yetib kelgan va erkakning shaxsi aniqlangan.

Uning 9 yoshli jiyani J.K. tanasi momataloq va shilingan holda topilgan. Aniqlanishicha, uni 32 yoshli amakisi do‘pposlab, mashinasiga bog‘lab, yerda sudragan. Bola kasalxonaga yetkazilgan.

Militsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bolaning onasi uni qarindoshlariga tashlab, o‘zi Rossiyaga ishlagani ketgan. Gumonlanuvchi erkak esa Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 266-moddasi — “Bezorilik” bilan ayblanib, qo‘lga olingan.

Biroq keyinroq, Knews nashrining ma’lum qilishicha, militsiya “insonparvarlik” ko‘rsatib, erkakni qo‘yib yuborgan.

Qirg‘iziston ombudsmeni To‘kon Mamitov ishni shaxsiy nazoratiga olgan. U shahar bolalar klinik kasalxonasining neyroxirurgiya bo‘limida yotgan bolaning ahvoli bilan tanishib, shifokorlar bilan suhbatlashgan. Shuningdek, bolaning maktab direktori va sinf rahbari bilan ham gaplashgan.

Voqeadan xabar topgan bolaning onasi Rossiyadan yetib kelgan. “Bola huquqlarini himoya qilish ligasi” fondi rahbari Nozgul Turdubekova bolaning onasi ingliz tilidan dars berishini, yozgi ta’til paytida o‘g‘lini o‘zi bilan Rossiyaga olib ketmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют