» » Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi mushtlashuv ishtirokchilaridan biriga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi mushtlashuv ishtirokchilaridan biriga nisbatan jinoyat ishi ochildi


2019-yil 14-aprel kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumani “Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi skeytbord maydonchasida mushtlashuv bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, suddi shu kuni soat taxminan 23:15 da Toshkent shahar IIBBga qo‘ng‘iroq bo‘lib, ushbu voqea haqida xabar yetkazilgan. Xodimlar voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 5 nafar yigit va 38 yoshli O.M. o‘rtasida katta skeytbordchilar uchun mo‘ljallangan maydonda qarovsiz qoldirilgan 3 yoshli bola sabab tortishuv bo‘lgan. Rafiqasinign chaqiruvi bilan yetib kelgan 40 yoshli M.M. jamoat joylarida o‘zini tutish qoidalariga bo‘ysunmay, yigitlarni behayo so‘zlar bilan so‘kib, ura boshlagan. Ushbu tajovuzkor harakatlarini organ xodimlari kelgach to‘xtatgan. Mushtlashuvning barcha ishtirokchilari Ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.

Tergov-nazorat ishlari natijalariga ko‘ra, Yakkasaroy tumani IIB Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-bandiga binoan (bezorilik) 40 yoshli M.M.ga qarshi jinoiy ish boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют