» » Aqto‘be shahri ma’muriyati “O‘lmas polk” aksiyasidan voz kechdi

Aqto‘be shahri ma’muriyati “O‘lmas polk” aksiyasidan voz kechdi


Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkazilmaydi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Shahar ma’muriyati bunday qarorni Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qarindoshlaridan kelib tushayotgan ko‘p sonli shikoyatlarni inobatga olgan holda qabul qildi. Aksiyadan so‘ng Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining suratlari yerga uloqtiriladi va bu holat Vatan himoyachilari xotirasiga hurmatsizlik hisoblanadi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, shahar ma’muriyati yo‘llarda tirbandlik bo‘lishini xohlamaydi.

“Xohlovchilar aksiya o‘tkazishni so‘rab bizga murojaat qilish huquqiga ega edi. Biroq 3-maygacha bironta ariza kelib tushmadi”, deyiladi shahar ma’muriyati saytida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют