» » O‘zbekistonda prokuratura organlari 2018-yili 2,2 trln so‘m zararni undirdi

O‘zbekistonda prokuratura organlari 2018-yili 2,2 trln so‘m zararni undirdi


O‘zbekistonda 2018-yilda umumiy jinoyatchilik 33 foizga kamaydi. Mavjud 9 022 ta mahalladan 2 301 tasida yoki 25 foizida jinoyat sodir etilmadi. Bu haqda Bosh prokuror Otabek Murodov Senatning 19-yalpi majlisidagi hisoboti davomida ma’lum qildi.

2017-yilda respublikada jinoyatlar har 100 ming aholiga 228 ta to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 149 tani tashkil qildi.

Prokuratura organlarining 2018-yilgi faoliyati natijasida:

106 179 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi;

12 576 ta qonunga zid hujjatlar qonunga muvofiqlashtirildi;

Aniqlangan qonunbuzishlar mas’ul idoralarga kiritilgan 18 449 ta taqdimnomalar asosida bartaraf etildi;

43 915 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi;

Qo‘pol qonunbuzishlar bo‘yicha 1 348 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi;

Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 2 trillion 228 milliard so‘m zarar undirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют