» » Venesuela prezidenti Nikolas Maduro harbiylarni AQSh hujumiga tayyor turishga chaqirdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro harbiylarni AQSh hujumiga tayyor turishga chaqirdi


Venesuela prezidenti Nikolas Maduro harbiylarni AQSh hujum qilgan taqdirda mamlakatni himoya qilishga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda Sputnik  xabar qildi.

“Agar Shimoliy Amerika imperiyasi qachondir shu yerga, muqaddas yerga hujum qilsa, harbiylar qo‘llarida qurol bilan mamlakatni himoya qilishga tayyor turishi kerak”, — deb ta’kidladi Maduro.

Kuni kecha AQSh hukumatiga Venesuelada yuqori lavozimdagi harbiy yordami berishi haqida OAVlarning xabarlari paydo bo‘lgandi.

Yanvar oyida Venesuelada mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi.

Milliy assambleya yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini vaqtincha prezident deb e’lon qilgandi.

Buni AQSh va ayrim boshqa davlatlar qo‘llab-quvvatladi.

Rossiya, Meksika, Xitoy, Turkiya va Indoneziya Venesuela yetakchisini qo‘llab-quvvatladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют