» » Andijonda o‘tkazilgan “Adliya sayli”da 60 nafar fuqaro ishli bo‘ldi

Andijonda o‘tkazilgan “Adliya sayli”da 60 nafar fuqaro ishli bo‘ldi


Andijon viloyati Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Qo‘rg‘ontepa tuman madaniyat va istirohat bog‘ida “Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak!” shiori ostida “Adliya sayli” huquqiy targ‘ibot va ma’rifat tadbiri tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Unda viloyat hokimligi, prokuratura, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlar, Davlat xizmatlari markazi, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, Advokatlar palatasi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi, FHDYo bo‘limlari, oliy ta’lim muassasalari hamda hududdagi barcha davlat organlari va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda asosiy e’tibor nikoh shartnomasining ahamiyati, meros hamda vasiyatnoma bo‘yicha fuqarolarga tushunchalar berishga qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilarga Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali, vazirlik tomonidan onlayn-maslahatchi xizmati orqali aholiga bepul huquqiy maslahatlar berish maqsadida tashkil etilgan ADVICE.UZ huquqiy axborot portalining imkoniyatlari, qulaylik hamda afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

3 ming nafardan ziyod aholi vakillari qatnashgan tadbirda ishtirokchilarga 15 turdagi 3500 nusxadan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.

Saylda aholi salomatligi ham e’tibordan chetda qolmadi. 89 nafar fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 36 nafariga ambulator sharoitda davolanish uchun tavsiyalar, 3 nafariga esa statsionar davolanish bo‘yicha Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga imtiyozli yo‘llanmalar berildi. 2 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga nogironlik aravachasi hamda eshitish moslamasi topshirildi.

Tadbirda aholining madaniy hordiq chiqarishlari uchun konsert dasturlari, turli xildagi ko‘ngilochar o‘yinlar, hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmalari, yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimlar bellashuvi musobaqalari hamda yosh sportchilarning chiqishlari namoyish etildi. Rus, uyg‘ur va qirg‘iz milliy madaniy markazlari ham ko‘rgazmali chiqishlari bilan faol qatnashdi. Mohir oshpazlar ishtirokida “Eng yaxshi Andijoncha osh” tanlovi ham o‘tkazildi. Aholi uchun arzon narxlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sayyor kitob savdolari va mehnat yarmakalari tashkil qilindi. 60 nafar fuqaro doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют